Xabaringiz bor, kuni kecha namanganlik 242 nafar bitiruvchi talabalarimiz o‘z yashash xududlaridagi tibbiyot muassasalariga biriktirildi. Endi ular amaliyot o‘tash barobarida ishlab, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatadilar.
Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Amrullo Inoyatov Chortoq TTB qarashli 52-sonli oila poliknikasiga tashrif buyurdi. A.Inoyatov Davolash fakultetining bitiruvchisi Sardorbek Ermuhametovga poliklinikadagi ish jarayonlari, bemorlar bilan munosabatlar, sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishda ahamiyat qaratilishi lozim bo‘lgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berdi.