Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“BIZ BIR MAMLAKATDA YASHAYOTGAN YAGONA XALQMIZ!”

18:50 18.11.2021

“BIZ BIR MAMLAKATDA YASHAYOTGAN YAGONA XALQMIZ!”

O‘zbek xalqi bag‘rikeng va mehmondo‘st xalq. Bunday ulug‘ an’ana bizga ota-bobolarimizdan meros qolgan. Shu bois 15-21-noyabr kunlari O‘zbekistonda 16-noyabr Xalqaro bag‘rikenglik kuniga bag‘ishlangan “Bag‘rikenglik haftaligi” o‘tkazilmoqda. Andijon davlat tibbiyot instituti ham haftalik doirasida  “Biz bir mamlakatda yashayotgan yagona xalqmiz!” shiori ostida xorijlik talabalar ishtirokida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi

Bugungi kunda institutda 12 ta xorijiy davlatlarning 350 nafar fuqarosi taxsil olmoqda. Ularning samarali va sifatli bilim olishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan.

Bugungi tadbir doirasida Hindiston, Pokiston, Koreya va eronlik talabalar o‘z chiqishlarini namoyish etdilar. Milliy raqs va qo‘shiqlarga o‘zbek talabalari ham jo‘r bo‘ldilar. Ayniqsa, xorijlik talabalarning tayyorlagan milliy shirinliklari barchaga o‘zgacha huzur bag‘ishladi.

Institut hovlisi ham talabalar bilan gavjum bo‘ldi. Boisi Koreyada nishonlanadigan 11-noyabr “Tayoq” kuni doirasida turli xil tayoq o‘yinlari o‘tkazildi. Unda o‘zbek va koreyalik talabalar do‘stlik bellashuvlarini namoyish etdilar.

Hozirda chet tillarini o‘rganish yoshlarning sevimli mashg‘ulotiga aylangan. Xorijlik talabalar o‘zbek talabalariga o‘z ona tillarida salomlashish, hayrlashish va mehmondo‘stlik kabi so‘zlarini o‘rgatdilar. Zeroki bugungi ilk saboq chet tillarini yanada ko‘proq o‘zlashtirishga katta xizmat qilsa ajab emas…

Institutda Pokiston madaniyat markazi ham bo‘lib, unda Pokiston islom Respublikasining milliy madaniyatidan so‘zlaydi. Tadbir davomida talabalar markaz faoliyati bilan ham tanishdilar.

Skip to content Click to listen highlighted text!