alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“BIZ – BOBURNING AVLODLARIMIZ” SHIORI OSTIDA TADBIR OʻTKAZILDI

18:04 15.02.2022

Mohir sarkarda, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bagʻishlangan tadbirlarning oʻtkazilishi davom etmoqda. “Biz Bobur avlodlarimiz” shiori ostidagi tadbir ham koʻtarinki ruhda tashkil etildi.

Tadbirda Bobur nomli xalqaro Bobur jamoat fondi raisi Z.Mashrapov, Oʻzbekiston Milliy universiteti kafedra mudiri X.Boltaboyev, afgʻonistonlik Boburshunos olima Shafikaxonim Yorqin, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat boʻlimi rahbari, shoira Xurshidabonu ishtirok etib, allomamizning hayoti va ijodi, oʻz Vatanini himoya qilishda boshidan kechirganlari, Hindistonga yurishi, asarlarining yozilishi tarixi borasidagi maʼlumotlarni misollar bilan tushuntirib oʻtdilar. Shuningdek, tadbirda soʻz olgan institut rektori M.Madazimov ham bugungi kunda muassasada oʻtkazilayotgan tadbirlar, unda iqtidorli talabalarning ishtiroki borasidagi fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.

Talabalar tomonidan shoir qalamiga mansub gʻazallar va ruboiylar oʻqildi, gʻazallarga bastalangan kuylar tinglandi. Ayniqsa, Bobur va uning singlisi Xonzodabegimning suhbati sahna koʻrinishi mehmonlarga manzur boʻldi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!