BIZ ISTE’DOD EGALARIMIZ! – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

BIZ ISTE’DOD EGALARIMIZ!

17:15 17.11.2025

Talabalik – o‘qib-izlanish pallasi bo‘libgina qolmay, eng quvnoq lahzalarga boy davr. Bugun, 17-noyabr – Xalqaro talabalar kuni respublikamizning barcha oliy ta’lim muassasalarida ko‘tarinki kayfiyatda nishonlanmoqda.

Xususan, mazkur sana munosabati bilan Andijon davlat tibbiyot institutida ham “Biz iste’dod egalarimiz!” shoiri ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirni “Shifokorlar”, “Ulfatlar”, “Yurtim qadriyatlari” jamoalarining quvnoq yoshlari olib borishdi.

Tadbir avvalida institut rektori M.Madazimov barcha talabalarni bayram munosabati bilan samimiy muborakbod etdi.

– Sizning har bir kichik muvaffaqiyatingiz institutimizning katta g‘alabasidir. Har bir yangilikka intilishingiz — ilm-fan taraqqiyoti sari tashlangan muhim qadam. Kelajakda shifokor, olim, jarroh, laboratoriya mutaxassisi yoki professor bo‘lishingizdan qat’iy nazar, eng asosiysi — insoniyat salomatligi uchun xizmat qiladigan ezgu yo‘lligizdan hech qachon qaytmang. Barchangizga ilmiy marralarda ulkan zafarlar, doimiy kuch va quvvat, mustahkam sog‘liq, yorqin orzularingizning ro‘yobini tilayman! Yulduzdek porlang, bilim bilan qurollaning, orzularingizni keng oching — kelajak sizniki! Bayramingiz muborak, aziz talabalar!

Shundan so‘ng institut rektori ilm-fan, ma’naviy-ma’rifiy, sport, hunar sohalarida tashabbuskorligi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘layotgan bir guruh talabalarni taqdirladi.

Navbatdagi chiqishlar, ayniqsa yoshlarning olqishlariga sazovor bo‘ldi. Unda “Ulfatlar” jamoasi o‘zining mutoyibaga boy sahnalari bilan, “Drum shou” guruhining dutor, doira, gitara cholg‘u asboblaridagi sadolari bilan, raqqosa qizlar betakror raqslari bilan ko‘tarinkilik ulashishdi. Ayniqsa, “Shifokorlar” talabalar teatr studiasi tomonidan sahnalashtirilgan “Bemor” spektakli tadbir ishtirokchilariga katta taassurot bera oldi.

Tadbir o‘z nomi bilan iste’dod egalarini bir maqsad sari birlashtira oldi. Aziz, talaba-yoshlar, barchangizga bayram yana bir bor muborak bo‘lsin!

Skip to content