Pediatriya fakulteti tomonidan “Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi. Unda viloyat maʼmuriy sudi sudyalari B.Abdunazarov, A.Sheraliyev, Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektor v.b. S.Salohiddinov, fakultet dekani A.Gʻofurov, uning oʻrinbosarlari, tyutorlar ishtirok etdi.
Tadbir davomida viloyat maʼmuriy sudi sudyalari tomonidan “Korrupsiyaga qarshi kurashish barchaning burchi” va “Zoʻravonlik tushunchasi, qonunchiligimizda javobgarlik masalasi” mavzularidagi maʼruzalarida korrupsiya taʼsiriga tushib qolgan va zoʻravonlik qilgan shaxslarning qonun oldida javob berishlari dalillar misolida tushuntirib oʻtildi.
Shuningdek, prorektor va fakultet dekanlari bugungi kunda, ayniqsa, taʼlim sohasida korrupsiya holatlariga murosasiz boʻlish, bu borada institutimizda amalga oshirilayotgan ishlar haqida ham soʻz olib bordilar.