
Bugun, 2-aprel kuni Andijon davlat tibbiyot institutida “Biz yoshlar giyohvandlikka qarshimiz” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tezkor qidiruv departamenti xodimi, podpolkovnik Abad Utambetov, Andijon shahar IIO FMB giyohvandlikka qarshish kurashish bo‘limi boshlig‘i, kapitan Firdavs Sharofiddinov institutning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori S.Salohiddinov va talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Tadbirda giyohvandlik, uning sabablari, belgilari haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, kasallikni oldini olish choralari haqida ma’lumot berildi. Tadbir davomida yoshlar psixotrop, kuchli ta’sir qiluvchi moddalar, ular sabab sodir bo‘lgan salbiy oqibatlar statistika ma’lumotlari taqdim etildi.