Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“BIZ – YOSHLAR GIYOHVANDLIKKA QARSHIMIZ!” SHIORI OSTIDA DAVRA SUHBATI BO‘LIB O‘TDI

15:00 27.10.2021

“BIZ – YOSHLAR GIYOHVANDLIKKA QARSHIMIZ!” SHIORI OSTIDA DAVRA SUHBATI BO‘LIB O‘TDI

Yoshlar o‘rtasida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va kuchli ta’sir qiluvchi preparatlarning suiste’moli hamda noqonuniy aylanishi bilan bog‘liq holatlarning oldini olish, shuningdek, OITSga qarshi kurashish maqsadida Andijon davlat tibbiyot instituti hamda institut qoshidagi akademik litseyda “Biz –yoshlar giyohvandlikka qarshimiz!” shiori ostida davra suhbati o‘tkazildi.

Unda viloyat hokimligi huzuridagi narkotik moddalar nazorat qilish mintaqaviy komissiyasi mas’ul kotibi J.Mansurov, viloyat IIB JQB xodimi D.Xo‘jamberdiyev, Sud narkologiya ekspertizasi shifokori Sh.To‘raqulov va viloyat OITS markazi rahbari J. Mamadaliyeva ishtirok etdi.

Davra suhbatini Yoshlar bilan ishlash, ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha prorektor M.Botirov ochib berdi. Mutaxassislar tomonidan talaba va o‘quvchilarga giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va kuchli ta’sir etuvchi preparatlarning inson salomatligiga salbiy ta’siri, mazkur moddalarning oldi-sottisi bilan shug‘ullanish oqibatlari, bu illatlar zamirida OITS kasalligiga chalinish ehtimollarining yuqoriligi borasida ma’lumot berildi. Shuningdek, bunday zararli moddalarni iste’mol qilish, sotish, olish, vositachilik qilgan shaxslarga jinoiy ish qo‘zg‘atilishini tahlillar asosida tushuntirib o‘tildi.

Skip to content Click to listen highlighted text!