Joriy yilning 8-may kuni Andijon davlat tibbiyot instituti Stomatologiya fakulteti 2-bosqich talabalari ishtirokida “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” mavzusida davra suhabti tashkil etildi.
Unda institutning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Salohiddinov, institut Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi G. Xolmatova, institut psixologi O‘.Arziqulov, fakultet dekani o‘rinbosari X.Mahmudov, tyutorlar ishtirok etdilar.
Tadbirga viloyat hokimligi targ‘ibot guruhi rahbari M.Qodirova, Din ishlari bo‘yicha viloyat hududiy boshqarmasi mutaxassisi F.Rustamova, viloyat Terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi katta mutaxassisi B.Abbosova, viloyat Kengashi deputati Z.Ismoilovalar taklif qilindi.
Unda so‘z olganlar talabalarga bugungi kunda dunyo miqyosida dolzarb bo‘lib turgan tazyiq va zo‘ravonlikni oldini olish, unga qarshi kurashishda amalga oshirilishi muhim bo‘lgan ishlar haqida ma’lumotlar berdilar.
Talabalar ham o‘zlari bilgan ma’lumotlar bilan bo‘lishdilar.