alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

BIZDA BARCHASI JONLI

11:08 03.05.2021

Andijonning yana bir fayzli oqshomi Andijon davlat tibbiyot institutining «Talabalar  shaharchasi»  she’riyat va musiqa shaydolarini birlashtirdi.  Unda “Dil “ loyihasi asosida ijod kechasi tashkil etildi. Kechada  poytaxtimizdan, O‘zRFA tayanch doktaranti, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining yosh a’zosi, “Olovrang tug‘yon”, “Sunbula” asarlarining muallifi, shoira Tillaniso Nuryog‘di, turli uslub va yo‘nalishlar uyg‘unlashgan “DalaHast” guruhi a’zolari –  yangi pop yulduzi  Ohista Jamshid mehmon bo‘ldilar. Barcha  tashkiliy masalalar Andijon viloyati hokimligi kotibiyati mudiri E. Xolmirzayev tomonidan nazoratga  olindi.

Dastavval so‘z olgan O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi rahbari R. Karimov, institut rektori M. Madazimovlar viloyatda o‘tkazilayotgan «Madaniyat oyligi» tadbirlari doirasida  yoshlarning  bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etish, madaniy-ma’rifiy tadbirlarga jalb etish,  yoshlarning iqtidorini yuzaga chiqarishda bunday ko‘ngilochar tadbirlarning ahamiyati yuqori ekanligini ta’kidlab o‘tdilar.

Kecha hammani hayratga solgan,  institut rektori va ma’naviyat fidoiylari, xotin-qizlar bo‘yicha maslahatchi, yoshlar faollarining «Dil» qo‘shig‘i ijrosi bilan boshlandi. Taniqli boshlovchi Bekzod Hamidov oqshomning tom ma’nodagi yulduziga aylandi va kechani yuqori notalarda  o‘tishiga sababchi bo‘ldi.   Dastur davomida “DalaHast” guruhi va Ohista Jamshid tomonidan qo‘shiqlar jonli ijroda taqdim etildi. Qo‘shiqlarni jo‘r bo‘lib kuylagan talabalar institutga biriktirilgan mahallalarning uyushmagan yoshlarini davraga chorladilar. Bu bilan ularda birdamlik tuyg‘ulari namoyon bo‘ldi.

Tadbirning avj nuqtasi barchaning e’tiborini tortdi. Shoira Tillaniso Nuryog‘di hamda Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor, shoir Mirzohid Botirov o‘rtasida she’riy aytishuv bo‘lib o‘tdi. Unda har ikki sermahsul ijod sohiblari eng sara she’rlaridan namunalar  o‘qidilar. Mushoira davomida har ikki shoirning  o‘zgacha chiqishlarini she’riyat muxlislari  davomli  olqishlari bilan qo‘llab turdilar.  

Uchrashuv barcha yoshlarga manzur bo‘ldi. Tadbir yakunida talabalarning ijod, mashhurlik, muvvafaqqiyat borasidagi qizg‘in savollariga ijodkorlar tomonidan javob berildi.

Tadbir taniqli blogerlar tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda onlayn yoritib borildi. Tadbirda yosh deputatlar, partiya vakillari, Yozuvchilar uyushmasining faollarining  borligi kechaga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi.  Ularga hamkorlar va institut rahbariyati tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari taqdim etildi. «Madaniyat oyligi» tadbirlari davom etadi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!