Bugun, 5-noyabr kuni Andijon davlat tibbiyot institutining Xotin-qizlar bo‘limi tomonidan «Bizning umumiy uyimiz» shiori ostida davra suhbati o‘tkazildi.


Tadbirda talabalarimizga o‘zining ko‘p yillik ilmiy va hayotiy faoliyati bilan ibrat bo‘lib kelayotgan ADTI Anatomya va klinik anatomiya kafedrasi dotsenti, tibbiyot fanlari nomzodi G.Ulug‘bekova, shuningdek Farmakologiya, klinik farmakologiya va tibbiyot biotexnologiyalar kafedrasi katta o‘qituvchisi D.Baltaboyeva, hamda Respublika xotin-qizlar faoli, amaliyotchi psixolog, “Ibratli oila” ko’krak nishoni sohibasi M.Mamajonova ishtirok etdilar.


Tadbirda ustozlar o‘z hayot yo‘llari, ilm yo‘lidagi mashaqqatlari, erishgan yutuqlari hamda oiladagi ayol kishining o‘rni, sabr-toqati va shijoati haqida so‘zlab berdi.
Bu uchrashuv talabalarimiz uchun hayotiy saboqlar, motivatsiya va ibrat manbai bo‘ldi.

