Joriy yilning 4-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev rahbarligida “Oliy taʼlim muassasalari talabalar bandligini taʼminlash boʻyicha uctuvor vazifalarni belgilash toʻgʻrisidagi” oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida belgilab berilgan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida, Andijon davlat tibbiyot institutida qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, bugun 15-sentabr kuni institutda Andijon shahar aholi bandligiga koʻmaklashish markazi, shahardagi viloyat tashkilotlari, shahar va tuman tibbiyot birlashmalari rahbarlari ishtirokida “Boʻsh ish oʻrinlari” mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Yaramarkaning ochilish marosimida Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov soʻzga chiqib, talabalarni yaratib berilgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, munosib ish oʻrinlariga ega boʻlishlariga tilak bildirdi.
Mazkur yarmarkada 41 ta tashkilotlar 120 ta boʻsh ish oʻrinlarini taqdim etdilar. Unda institutning barcha talabalari faol ishtirok etib, oʻzlariga maʼqul boʻlgan ish oʻrinlariga roʻyhatdan oʻtdilar. Shundan 35 nafar talabaga ishga joylashish bo’yicha yollanmalar berilib, 21 nafar talaba esa o’zlariga ma’qul kelgan muassasa va tashkilotlarga ishga joylandi.