Skip to content BOʻSTON TUMANI «SARIQ JOʻGA» MAHALLASIDA SAYYOR QABUL DOIRASIDA TIBBIY-KO‘RIK O‘TKAZILDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

BOʻSTON TUMANI «SARIQ JOʻGA» MAHALLASIDA SAYYOR QABUL DOIRASIDA TIBBIY-KO‘RIK O‘TKAZILDI

14:34 19.06.2025

Prezidentimiz raisligida “Mahallalarda aholi bandligini taʼminlash, daromadini oshirish va kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha” o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilab bergan vazifalaridan kelib chiqib, viloyat hokimi Sh.Abdurahmonovning topshirig‘iga asosan qizil toifadagi mahallalar aholisiga ko‘maklashish, bandligini ta’minlash, muammolarini o‘rganish va ularni bartaraf etish yuzasidan izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Andijon davlat tibbiyot institutiga Bo’ston tumanidagi “Sariq jo‘ga” mahalla fuqarolar yig‘ini biriktirildi. Bunga ko‘ra, Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov boshchiligida mahalladagi mavjud holatni o‘rganish ishlari yuzasidan ishchi guruh tashkil etildi.

Mazkur ishchi guruh tomonidan bir qator tizimli ishlar olib borilmoqda. Xususan bugun, 19-iyun kuni “Sariq jo‘ga” MFY aholisi uchun tibbiy xizmat ko‘rsatildi. Ushbu hududda joylashgan Paxtakor OShPda salomatligi bo‘yicha 3-4-guruhga kiritilgan 259 nafar bemorlar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Tadbirda institutning 24 nafar malakali mutaxassislari ishtirok etishdi. Ko‘riklar davomida 87 ta UTT, 104 ta EKG, 64 ta flyurografiya tekshiruvi va 178 ta labarator tekshiruvlari olib borildi. Аmbulator tekshiruv natijalariga ko‘ra, davolanishi zarur bo‘lgan fuqarolarga bepul dori-darmonlar tarqatildi.

Sog‘lomlashtirilishi zarur bo‘lgan 10 nafar bemorlar uchun viloyat tibbiyot muassasalariga, 8 nafari esa tuman tibbiyot birlashmasiga bepul yo‘llanmalar berildi.

Shuningdek, ko‘riklardan so‘ng aholiga sog‘lom turmush tarzi, jismoniy faollik va tibbiy madaniyat bo‘yicha tushunchalar ham berildi.

adti.uz
Would like to send you notifications