Ayni kunlarda yurtimizda Yangi yil bayrami shukuhi. Viloyatimizning har bir go‘shasida bayram shodiyonalari va tantanalari qizg‘in davom etmoqda. Ayniqsa bu bayramda bolajonlar yayrab-quvnamoqdalar. Ularning yuzlaridagi cheksiz quvonchni, xursandchilikni ko‘rib dilingiz yayraydi. Beixtiyor ularning beg‘ubor olamiga g‘arq bo‘lasiz. 2018- yil 28- dekabr kuni Andijon shahridagi Z.M.Bobur nomli viloyat musiqali drama teatrida Andijon davlat tibbiyot institutining 930 nafar professor-o‘qituvchilari va barcha xodimlarining farzandlari “Yangi yil ertagi” spektaklini miriqib tomosha qildilar. Spektakl qahramonlari, Qorbobo, Qorqiz, ertaknamo va turli sarguzashlarga boy bo‘lgan mazkur tomosha barcha bolajonlarga birdek manzur bo‘ldi.
Shuningdek, bolajonlar shahrimiz markaziga o‘rnatilgan Bosh archa atrofida o‘tkazilgan ma’naviy- ma’rifiy tadbirlarda ham ishtirok etdilar. Shu kuni ular she’rlar aytib, qo‘shiqlar kuyladilar, dilrabo musiqa sadolari ostida yayrab raqsga tushdilar.
Bayram tadbirlari bolajonlarda katta taassurot qoldirdi.
ADTI matbuot xizmati.