
- Kafedra mudiri: MIRZAKARIMOV BAXROM XALIMJONOVICH
- Ish vaqti: 8.00 – 17.00
- Aloqa: +99891 606 12 73
- Email: bahrommirzo73@mail.com

Bolalar xirurgiyasi kafedrasi 1972-yil sobiq Ittifoq Sog‘liqni saqlash Vazirligining «Bolalarga xirurgik xizmatni takomillashtirish» ga qaratilgan buyrug‘I asosida tashkil etilgan. Bunga qadar bolalar xirurgiyasi mutaxassisligi institutining “2-fakultativ xirurgik kasalliklar” kafedrasi tasarrufida faoliyat ko‘rsatgan va kurs mudiri etib dotsent S.R.Rahimov tayinlangan. Kafedra xodimlari assistentlardan A.Q.Qurbonov, N.A.Akbarov, Yo.M.Rasulovlar faoliyat olib borishgan. Bolalar anesteziologiyasi va reanimatologiyasi xizmatini tashkil qilish va rivojlantirishda assistant S.T.Inamovaning xizmatlari katta bo‘lgan.
S.R.Raximov 1982-yilda Leningrad davlat pediatriya institutida “Хирургическая лечения хронического гемотогенного остеомиелита у детей” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
1991-yil kafedra o‘quv yuklamalarining va ish hajmining ortishining hisobiga bolalar xirurgiyasi kafedrasi pediatriya va davolash fakultetlari uchun kengaytirilib, davolash fakulteti yo‘nalishiga professor B.M.Klichev kafedra mudiri etib tayinlangan.
Kafedra bolalar jarrohligi mutaxassisligining dolzarb muammolari bo‘lgan bolalar yiringli septik kasalliklari, anorektal tug‘ma nuqsonlari, ko‘krak qafasi deformatsiyalari, bolalarda portal gipertenziya, uroginekologik xastaliklar, chaqaloqlar xirurgiyasining muammolari yo‘nalishlarida ilmiy izlanishlar olib boradi. B.M.Klichev rahbarligida kafedra assistenti B.S.Raximov 1999-yili nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Davolash fakulteti uchun bolalar xirurgiyasi kafedrasini 1999 yildan dotsent A.A.Gafurov boshqargan.
A.A.Gafurov 1991 “Реаблитация детей с двухсторонними хроническими неспецифическими восполительными заболеваниями лёгких” mavzuida nomzodlik dissertatsiyasini, 2009-yilda “Хирургическая коррекция нарушенияорганого крово- и лимфообращения при церрозе печени у детей» mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
2004-yildan ikkala fakultet bolalar xirurgiyasi kafedrasi birlashtirilgan va kfaedra mudiri etib B.S.Raximov tayinlangan.
2014-yildan kafedraga “Bolalarxirurgiyasi, anesteziologiya-reanimatologiyasi” nomi berildi va kafedra mudiri etib G‘.O‘.To‘ychiyev tayinlangan.
G‘.O‘.To‘ychiyev 2004-yil “Гемодинамические аспекты сосудо-шунтирующиих операции при церрозе печени с портальной гипертензией у детей” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
2016-2018-yillar davomida kafedrani t.f.d., dotsent A.A.Gafurov boshqargan va 2018-yildan pediatriya fakulteti dekani etib tayinlangandan so‘ng, kafedra mudiri etib B.X.Mirzakarimov tayinlangan.
Kafedra jamoasi tomonidan o‘tgan davr daomida 4 ta doktorlik va 20 ta bolalar xirurgiyasining turli dolzarb muaommolari yechimlari bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilingan.
Kafedra Andijon viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida va RSHTYOIMning Andijon filialida faoliyat olib boradi.
Hozirda kafedraga t.f.d, dotsent Mirzakarimov Baxromjon Xalimjonovich rahbarlik qilib kelmoqda



Gafurov Adxam Anvarovich
t.f.d. professor, bolalar jarrohi

Qurbonov Abduqaxxor Qurbonovich
t.f.n.dotsent, bolalar jarrohi

Djumaboyev Juraqul Usmanovich
t.f.n.dotsent, bolalar jarrohi

Akbarov Nosirjon Akbarovich
t.f.n.dotsent, bolalar jarrohi

Allayev Mamasoli Yaxyoyevich
t.f.n.dotsent, bolalar jarrohi

Abduvaliyeva Chulpanoy Muxammadjanovna
PhD.dotsent, bolalar jarrohi

Bozorov Shavkat Tojiddinovich
PhD.dotsent, bolalar jarrohi

Qodirov Komiljon Zokirjanovich
PhD.dotsent, bolalar jarrohi

Yulchiyev Karimjon Salimjonovich
PhD.dotsent, bolalar jarrohi

Ibragimov Jasurbek Xabibjanovich
PhD.dotsent, bolalar jarrohi

Xalilov Shukurullo Quchqarbayevich
Assistent, bolalar jarrohi

Mamajonov Umidjon Shokirovich
Assistent, bolalar jarrohi

Yuldashev Muzaffar Abduvaxobovich
Katta o’qituvchi, bolalar jarrohi

Karimov Doniyor Karimovich
Assistent, bolalar jarrohi

Ketvonov Alisher G’anijonovich
Assistent, bolalar jarrohi

Isaqov Nuriddin Zuxriddinovich
Assistent, bolalar jarrohi

Ajimamamtov Xalilulla Toshtemirovich
PhD Assistent, bolalar jarrohi

Turaqulov Zoirjon Shokirovich
Assistent, bolalar jarrohi

Abduraxmobov Farruxbek Saydazim o’g’li
Assistent, bolalar jarrohi
- FANLAR…