Talabalar turar joyida Bolalar jarrohligi kafedrasi tomonidan navbatdagi ma’naviyat soati o‘tkazildi. Unda kafedraning professor-o‘qituvchilari talabalarga kafedraning qisqacha tarixi, faoliyati, olib borilayotgan ishlar va erishilgan yutuqlar haqida ma’lumot berib o‘tdilar.
Shuningdek, tadbir davomida kredit-modul tizimida ishlash, baholash tartibi to‘g‘risida ham tushunchalar berildi. O‘z o‘rnida talabalar ham fanga oid savollariga mutaxassislardan javob oldilar.