Kafedra mudiri, tibbiyot fanlari
nomzodi, dotsent
MIRZAKARIMOV BAXROM
XALIMJONOVICH
Ish vaqti: 8:00 – 15:00.
Tel: +99891-606-12-73
e-mail: baxromjon 1973@umail.uz
BOLALAR XIRURGIYASI TARIXI VA FAOLIYATI
Bolalar xirurgiyasi kafedrasining tashkil etilishi 1972-yil sobiq Ittifoq Sog‘liqni saqlash Vazirligining «Bolalarga xirurgik xizmatni takomillashtirish» ga bag‘ishlangan buyrug‘I bilan bevosita bog‘liq. 1972-yillargacha bolalar xirurgiyasi Andijon davlat tibbiyot institutining “2-fakultativ xirurgik kasalliklar” kafedrasi tasarrufida faoliyat ko‘rsatgan. 1972-yil avgust oyida Andijon davlat tibbiyot instituti rektorining buyrug‘iga asosan “Bolalar xirurgiyasi kursi” tashkil etilgan. Kurs mudiri etib dotsent Sultonboy Rahimovich Rahimov tayinlangan. Kafedrani shakllantirishda yosh assistentlardan Qurbonov Abduqaxxor Qurbonovich, Akbarov Nosirjon Akbarovich va Rasulov Yorqinjon Muxamadaminovichlar xizmatini aloxida takidlash lozim. Bolalar anesteziologiyasi va reanimatologiyasi xizmatini tashkil qilish va rivojlantirishda assistant Inamova Svetlana Tursunxodjaevnani xizmatlari katta bo‘lgan. Dotsent S.R. Raximov 1982-yilda Leningrad davlat pediatriya institutida professor G.A.Bairov rahbarligida “Xirurgicheskaya lecheniya xronicheskogo gemotogennogo osteomielita u detey” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan. 1991-yilga kelib kafedra o‘quv yuklamalarining va ish hajmining ortishini hisobga olgan holda bolalar xirurgiyasi kafedrasi pediatriya va davolash fakultetlari uchun kengaytirilib, davolash fakulteti yo‘nalishiga professor Klichev Baxtiyor Mirzajonovich kafedra mudiri etib tayinlangan. Kafedra bolalar jarrohligida dolzarb bo‘lgan bolalar yiringli septik kasalliklar, anorektal soha tug‘ma nuqsonlari, ko‘krak qafasi deformatsiyalari, bolalarda portal gipertenziya, uroginekologik xastaliklar yo‘nalishlarida ilmiy va amaliy izlanishlari o‘z natijalarini bera boshladi. Professor KlichevB.M. rahbarligida kafedra assistenti RaximovB.S. 1999-yili nomzodlik dissertatsiyasini ximoya qildi. ProfessorB.M. Klichevning bevaqt vafotidan so‘ng kafedramudiri lavozimida dotsent Adxam Anvarovich Gafurov faoliyat olib bordi. GafurovA.A. 1991 yilda professor A.I. Lenyushkin rahbarligida “Reabilitatsiya detey s dvustoronnimi xronicheskimi nespetsificheskimi vospalitelnimi zabolevaniyami legkix” mavzuida nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan. GafurovA.A. o‘z ilmiy izlanishlarini davom ettirib 2009-yilda professor M.M.Aliev rahbarligida “Xirurgicheskaya korreksiya na rushenie organnogo krovo I limfoobrasheniya pri sirroze pecheni u detey» mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yoqladi. Bolalar jarroxligi fanidagi umumlashtirishlar xisobiga kafedra 2004-yildan ikkala fakultet bolalar xirurgiyasi kafedrasi birlashtirilib dotsent Bobir Sultonovich Raximov kafedra mudiri etib tayinlandi. B.S.Raximov 1999-yil, professor B.M.Qlichev rahbarligida, V.Vohidov nomidagi Respublika Xirurgiya Ilmiy Markazida “Sravnitelnaya otsenka effektivnosti kompleksnogo lecheniya kalkuleznogo pielonefrita u detey” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan. 2014-yildan kafedraga “Bolalar xirurgiyasi, anesteziologiyareanimatologiyasi” nomiberildi. G‘.O‘.To‘ychiev 2004-yil, V.Vohidov nomli Respublika Xirurgiya Ilmiy Markazida professor M.M.Aliev rahbarligida “Gemodinomicheskie aspekti sosudoshuntiruyushix operatsiy pri sirroze pecheni s portalnoy gipertenziey u detey» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi. Kafedra jamoasi o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlarni amalga oshirishda Rossiyaning etakchi xirurgik klinikalari bilan o‘rnatilgan ilmiy aloqalar muxim o‘rin tutdi. Professor G.A.Bairov rahbarligi ostida 1979-yilda S.R.Raximov “Xirurgicheskoe lecheniye xronicheskogo gematogennogo osteomielita u detey” mavzusida doktorlik dissertasiyasini, so‘ngra 1984-yilda J.U. Djumaboev “Xirurgicheskoe lechenie vrojdennoy voronkoobraznoy deformatsii grudnoy kletki u detey doshkolnogo vozrasta” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildilar. Professor A.I.Lyonyushkin rahbarligi ostida B.M.Qlichev 1990-yilda doktorlik dissertatsiyasini va A.A.Gafurov 1991-yilda nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildilar. 2009-yil professor Aliev M.M. rahbarligi ostida A.A. Gafurov Rossiya Davlat tibbiyot universitetida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. Kafedra ikkita bazada joylashgan bo‘lib, bittasi RSHTYOIMning Andijon filialida va ikkinchisi viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida faoliyat yuritib kelmoqda. A.K. Kurbanov 1986-yilda professor S.R.Raximov rahbarligida 2-Moskva Lenin ordenli meditsina institutida “Prognozirovanie variantov klinicheskogo techeniya I isxodov flegmoni novorojdennix” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi.