Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

BOLALAR JARROHLIGI KAFEDRASIDA MAHORAT MA’RUZALARI O‘TKAZILDI

19:53 30.05.2022

2022-yil 28–30-may kunlari Andijon Davlat tibbiyot instituti va N.I.Pirogov nomidagi Rossiya Milliy tadqiqot universiteti bolalar xirurgiyasi kafedrasi o‘rtasidagi tuzilgan shartnoma va kafedralararo o‘rnatilgan shartnomaga asosan Andijon Davlat tibbiyot instituti bolalar jarrohligi kafedrasida N.I.Pirogov nomidagi Rossiya Milliy tadqiqot universiteti bolalar xirurgiyasi kafedrasi professori Qadamboy Allabergenov tomonidan «Bolalarda portal gipertenziya sindromini davolashda shuntlash operatsiyalarini qo‘llash» va «Bolalarda ko‘krak qafasi  a’zolari tug‘ma kasalliklarida torakoskopik usulda yondashuv» mavzularida mahorat ma’ruzalari va fikr almashinivi bo‘lib o‘tdi. Ushbu ma’ruzada Bolalar jarrohligi kafedrasi professor-o‘qituvchilari, magistr va klinik ordinatorlari hamda Pediatriya fakultetining 5-kurs talabalari ishtirok etdi.

Mazkur ma’ruza so‘nggida N.I.Pirogov nomidagi Rossiya Milliy tadqiqot universiteti bolalar xirurgiyasi kafedrasi professori Qadamboy Allabergenov tomonidan o‘zaro tuzilgan hamkorlik shartnomalarga asosan kafedraning yosh professor-o‘qituvchilari va magistr-klinik ordinatorlar uchun malaka oshirish va tajriba almashish taklifi berildi. Ushbu taklif kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan bir ovozdan ma’qullandi va kelajakda, albatta hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlanishi yuzasidan kelishib olindi.

Skip to content Click to listen highlighted text!