Yangi yil bayramini hammadan koʻproq bolajonlar intiqlik bilan kutadilar. Turli sovgʻa-salomlar, quvnoq oʻyinchoqlar ularning shodligini oshiradi. Mehr-sahovat tadbirlari davomida Andijon davlat tibbiyot instituti Davolash fakultetining dekan oʻrinbosari M.Oʻlmasov, tyutor Z.Ahmedova hamda 202-guruh talabalari shahrimizdagi Bolalar shaharchasi va Mehribonlik uyida boʻldilar.
Bir dunyo sovgʻalarni koʻrgan bolajonlar tashkilotchilarimizning atrofida jam boʻldilar. Kimdir yodlagan sheʼrlarini aytgan boʻlsa, yana kimdir qoʻshiq kuylab berdi, muhimi, kichkintoylar oʻzlarining iqtidorlarini namoyish eta oldilar. Ularga turli oʻyinchoq va shirinliklar ulashildi.
Fakultetlararo o’tkazilayotgan mehr-sahovat tadbirlari davom etmoqda.