Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

BO‘SH ISH O‘RINLARI MEHNAT YARMARKASIDA KO’PLAB TALABALAR ISHGA JOYLANDI

14:43 18.03.2022

Prezidentimizning inson qadrini ulug‘lash tamoyili asosida olib borayotgan izchil islohotlari inson manfaatlari, aholi turmush darajasini yaxshilashga qaratilgani ham bejiz emas albatta! Fuqarolarimizning, ayniqsa, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning bandligini ta’minlash ustuvor vazifaga aylandi.

Ma’lumki, 2022-yil 4-mart kuni  Davlatimiz rahbari raisligida oliy ta’lim muassasalari talabalari bandligini ta’minlash orqali ularning turmush darajasini yaxshilash chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgan edi.  Unda belgilab berilgan topshiriq va vazifalar ijrosi bo‘yicha institutimizda amaliy ishlar yo‘lga qo‘yilmoqda. Avvalo  “Yoshlar balansi” shakllantirilib, ishlash istagini bildirgan talabalar ro‘yxati tuzilmoqda. Bugungi kunga qadar 243 nafar talabalar viloyat Sog‘liqni saqlash tizimidagi davolash muassasalarida hamda 4 nafar talabalar institutimizda dars jarayonlaridan ajralmagan holda faoliyat olib borishmoqda. Shuningdek, xorijiy til, fan, sport to‘garaklarini tashkil etish istagida bo‘lgan yoshlar bilan ham suhbatlar olib borilmoqda, ularga ijara va soliq to‘lovlaridan ozod etilgan holda imkoniyatlar yaratib berilmoqda.

Bugun tashkil etilgan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi ham aynan darsdan so‘ng ishlashni istagan talabalar uchun ayni muddao bo‘ldi.

Tadbirni Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor K.Salohiddinov ochib berdi va bugungi kunda bitiruvchi talabalarning bandligini ta’minlash barobarida, istisno tariqasida boshlang‘ich bosqich talabalari ham o‘qishdan ajralmagan holda ishlashlariga sharoit yaratilayotgani haqida ma’lumot berib o‘tdi.

Shuningdek, tadbirda Andijon shahar Bandlikka ko‘maklashish markazi direktorining o‘rinbosari A.Yusupov va institut Karyera markazi mas’uli A.Soliyev ham so‘z olib, ishtirokchilarga ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalari ko‘proq tashkil etilishi va istagan vaqtlarida markazga murojaat qilishlari ham mumkinligini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Yarmarkada 16 ta Sog‘liqni saqlash tizimidagi davolash muassasalaridan, 30 dan ortiq korxona va tashkilotlar o‘z bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etishdi. Shuningdek, institutimizning o‘zida faoliyat olib borishni istagan talabalar uchun ham 38 ta bo‘sh ish o‘rni e’lon qilindi.

O‘tkazilgan yarmarka davomida ko’plab talabalarga tibbiyot muassasalariga va turli korxona va tashkilotlarga yo’llanmalar berildi, 6 nafar talaba esa institutimizga ishga joylandilar va ular bilan mehnat shartnomasi tuzildi. Mana shunday yarmarkalar yana o’tkazilishi rejalashtirilgan.

Skip to content Click to listen highlighted text!