BOSH VAZIR O‘RINBOSARI INSTITUTIMIZDA – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

BOSH VAZIR O‘RINBOSARI INSTITUTIMIZDA

09:51 22.01.2025

Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasi hududidagi 2000 o‘rinli o‘quv binosiga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri birinchi o’rinbosari Ramatov Ochilboy Jumaniyozovich tashrif buyurdi. Unga institut rektori M.Madazimov hamrohlik qilib, binoda talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishtirdi.

Mazkur bino O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-iyundagi “Yangi Andijon” shaharchasini barpo etish va Andijon viloyatida tadbirkorlikni yana-da qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” PQ-5154 sonli qaroriga asosan institut klinikasi hududidagi 2  gektar yer maydonida 2000 o‘ringa mo‘ljallangan holda qad rostlagan va 2024-yilda foydalanishga topshirilgan.

Bino 7 qavatdan iborat bo‘lib har bir qavatda 28 ta xona mavjud. Barcha o‘quv xonalarda interaktiv doskalar va zamonaviy o‘quv jihozlari mavjud.

Binoda umumiy 12 ta ma’ruza zali mavjud boplib, 2-qavatda jahon standartlariga mos katta imkoniyatlarga ega simulyatsiya markazi joylashgan. 3-qavat stomatologiya yo‘nalishlari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, eng zamonaviy stomatologik asbob-uskunalar va texnologiyalar bilan jihozlangan. Binodan asosan klinik kafedralar o‘rin olgan. Institut klinikasi va mazkur o‘quv bino o‘rtasida telemeditsina tizimi yo’lga qo’yilgan.

Unda klinikaning xirurgik bo‘limlarida amalga oshirilgan operatsiyalar to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘quv xonalariga translatsiya qilinadi. Talabalar ushbu jarayonda shifokorga o‘z savollarini berish va unga shu paytning o‘zida javob olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Shuningdek, O.Ramatov institutning professor-oʻqituvchilar va talabalari bilan samimiy suhbat olib bordi va jarayonlarni o‘rgangan holda o’z tavsiyalarini berdi.

Skip to content Click to listen highlighted text!