
Bugun, 25-aprel kuni Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov hamda Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor F.Rasulov Rossiya Federatsiyasi Boshqirdiston davlat universiteti Nevrologiya kafedrasi professor, t.f.d. L.Ahmadeevna hamda Gospital pediatriya kafedrasi professori, t.f.d. E.Axmadeevna bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida har ikki oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini yanada takomillashtirish maqsadida hamkorlik aloqalarini kengaytirish, xorijiy mutaxassislar ishtirokida Andijon davlat tibbiyot instituti talabalari, magistrlar, klinik ordinatorlar hamda kafedra xodimlari uchun integral ma’ruzalar, amaliy mashg‘ulotlar va master klasslarni o‘tkazish borasida kelishib olindi.
Shuningdek, mutaxassislar institutimizda joriy yilning 30-aprel kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Profilaktik tibbiyotda yuqori innovatsion texnologiyalarni qo‘llash” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumanida ishtirok etish uchun taklif etildi.