Andijon davlat tibbiyot institutida talabalar turar joyiga talabalarni joylashtirish ishlari jadal surʼatlar bilan davom etmoqda. Talabalar bilan rektorning tegishli buyrugʻiga asosan talabalar turar joyiga joylashtirish boʻyicha mezonlar va komissiya aʼzolari tomonidan individual suhbat oʻtkazilmoqda, mezonlarga muvofiq joylashtirish uchun tavsiya etilmoqda.
Bugun talabalar turar joyiga 131 nafar talaba joylashtirildi. Ularning 12 nafari nogiron, 24 nafari yetim va boquvchisini yoʻqotgan, 17 nafari uzoq viloyatdan kelib oʻqiydigan (vodiydan tashqari) talabalar, 45 nafari “Temir daftari”ga kiritilgan, 8 nafari ehtiyojmand oila farzandlari hisoblanadi.