Andijon davlat tibbiyot institutida 5-bosqich talabalari ishtirokida “Yoshlar oyligi” doirasida rektor va prorektorlarning talabalar bilan ochiq muloqoti boʻlib oʻtdi. Unda institut rektori M.Madazimov hamda Yoshlar masalalari, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor S.Salohiddinov, fakultet dekanlari va ularning oʻrinbosarlari ishtirok etdi.
Muloqot davomida 5-bosqich talabalarining oʻzlariga biriktirilgan tibbiyot muassasalarida amaliyot oʻtashlari, aholi bilan ishlash madaniyati, ustozlardan kasb sirlarini egallashga alohida ahamiyat qaratishlari, bugungi amaliyot ertaga yetuk shifokor boʻlishlari uchun zamin yaratishi taʼkidlab oʻtildi. Shuningdek, xorijiy tillarni oʻrganish, boʻsh vaqtlarni mazmunli tashkil etish, ijtimoiy tarmoqlardan oqilona foydalanish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga yoʻl qoʻymaslik, institut ichki tartib-qoidalari, ayniqsa kiyinish madaniyatiga rioya qilishlari tadbirning asosiy masalaridan biri boʻldi.