alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Bugunning gapi yoki masofaviy ta’lim samarasi

12:48 14.07.2020

Vaziyat qanchalik murakkab bo‘lmasin, mamlakatimizda o‘sib kelayotgan yosh avlodning bilim va tafakkuri, muayyan kasbni egallashi va salomatligi, ajdodlarga munosib voris bo‘lib voyaga etkazish kechiktirib bo‘lmaydigan eng ustuvor vazifa. Prezidentiimiz tomonidan ilgari surilgan, yoshlarning ma’naviyatini yanada yuksaltirish, ularga e’tiborni kuchaytirish, madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini singdirish, kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirish masalalariga qaratilgan beshta muhim tashabbus ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni shakllantirishda alohida dastur vazifasini o‘tamoqda.
Pandemiya karantini davrida oliy ta’lim tizimidagi talabalarning bilim va ko‘nikmalarini yuqori darajada tutib turishda masofaviy ta’lim jarayonini mukammal, samarali tashkil qilish muhim ahamiyat kasb etmokda.  Bu kelajagimiz egalarining ta’lim va tarbiyasiga mas’ul bo‘lgan professor-o‘qituvchilardan katta mas’uliyat talab qilmoqda. E’tirof etish kerakki, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 5 ta muhim tashabbus doirasida o‘tkazilayotgan onlayn tanlovlarda institutimiz professor-o‘qituvchilari va talabalari faol ishtirok etmoqda.
Birinchi tashabbus  bo‘yicha masofaviy ta’lim jarayonida talabalar murabbiylarning nazorati ositda o‘z iqtidorlarini namoyon etib bormoqda. Ularning ko‘pchiligi qo‘shiq, raqs, aktyorlik sa’nat turlarida o‘z iqtidorlarini ko‘rsatish bilan birga mohir rassom ekanliklarini ko‘rsata oldilar. Ayniqsa,  davolash fakulteti 5-bosqich talabasi Islombek Bektoshevning besh tashabbus doirasida e’lon qilingan tanlovga yuborgan ijodiy ishlari e’tirofga loyiq bo‘ldi.
Ikkinchi tashabbus  doirasida talabalarimiz jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanib borishdi. Bu o‘z o‘zidan ularni sog‘lom va barkamol insonlar bo‘lishlariga xizmat qilmoqda
Uchinchi tashabbus asosida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga e’tibor qaratilgan. Bu borada o‘rgangan bilimlari masofaviy ta’lim jarayonida qo‘l keldi. Kompyuter texnologiyalari  asosida kasalliklarga qarshi kurash borasidagi amaliy ko‘nikmalarini ham ko‘rsatib bera olishdi.
To‘rtinchi tashabbusni tibbiy profilaktika yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Dostonbek Turg‘unboevning “Mening sevimli kitobim” tanloviga yuborgan Mixail Bulgakovning «Usta va Margarita» romani haqidagi maqolasi orqali ko‘rdikki, talabalarimiz orasida kitobxonlik anchagina ommalashgan.
Beshinchi tashabbus xotin-qizlarni ish bilan ta’minlashni nazarda tutadi Talaba qizlarimiz kasb-hunarlarni egallash borasida qo‘li shirin pazanda, mohir chevar, sohibkor ekanliklarini ko‘rsatishdi.
Masofaviy ta’lim dasturida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni samarali olib borishda guruh rahbarlarining bilimi, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha salohiyati alohida ahamiyat kasb etdi. Jumladan, o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi Gavharoy Minavarova yoshlarning ma’naviyatini yanada boyitish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida qilayotgan davolash fakul’tetida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni onlayn ravishda muntazam olib bormoqda. Hozirda Oydinoy Odilova chevarchilik, Azizxon Izatullayev kompyuter savodxonligi, Asadbek Tojiboyev jismoniy tarbiya, Ayubxon Tojiyev dutor chertish va Kamola Solieva kitobxonlik bo‘yicha onlayn aloqa orqali guruhdoshlariga yordamlashayotgani buning natijasidir..
E’tirof etish kerakki, talabalarimiz masofaviy ta’lim jarayonida odatiy ta’lim jarayonida erishgan yutuklarini mustahkamladilar. Turli tanlovlar, konferensiyalarda ham faol ishtirok etmoqdalar. Jumladan,  onlayin tartibda o‘tkazilgan Respublika fan olimpiadasi iqtidorli talabalarimiz Zakirova Moxinurbonu Zafarjon qizi, Dilshodov Asilbek Dilshodjon o‘g‘li,  Yusubjonov Sherzodbek Oybek o‘g‘li va Axmadjonov Javoxir O‘ktamali o‘g‘li  g‘oliblar safidan o‘rin oldilar..
Bugun   maqsad va vazifalarimiz oddiy va hayotiy – odamlarimiz qalbi va ongida yuqorida zikr etilgan insoniy tuyg‘ular qaror topishi, jamiyatimizda olijanob fazilatlar ustuvor bo‘lishiga erishish. Bunda talabalarimizning nafaqat bilimini oshirish, balki ular qalbida mustaqilligimizni mustahkamlash bilan bog‘liq yangicha tafakkur, yangi g‘oyalarni kamol toptirish, ularni yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi va Vatanimiz taraqqiyotini ta’minlash yo‘lida ezgu ishlarga rag‘batlantirish. Yurtdoshlarmizning ongu shuurida  turli sohalarda olib borilayotgan keng qamrovli islohotlarga daxldorlik, bunyodkorlik, kelajakka ishonch va shukronalik tuyg‘ularini rivojlantirish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu yo‘lda zamon bilan hamnafas bo‘lgan holda, axborot texnologiyalaridan, masofaviy ta’lim imkoniyatlaridan samarli foydalanishimiz zarur.

P.X.Asxanov,

ADTI yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!