alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

BULOQBOSHI TUMANIDA SALOMATLIK TADBIRI BO‘LIB O‘TDI

17:22 23.06.2023

Joriy yilning 23-iyun kuni Buloqboshi tumani, Nayman mahallasida joylashgan “Shifokor”  bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida Andijon viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mutaxassislari hamda Andijon davlat tibbiyot instituti 1-son Oilaviy shifokorlar tayyorlash kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan “Sog‘lom onadan sog‘lom bola – kelajagamiz poydevori”  nomli sog‘lomlashtirish tadbiri  o‘tkazildi.

Tadbirda mahalla aholisiga sog‘lom turmush tarzi, sog‘lom ovqatlanish va ayrim kasalliklarda parxez asoslari mavzusida tushuntirish ishlari olib borildi.  Tadbir davomida so‘zga chiqqan professor Z.Salohiddinov,  viloyatda tibbiyotni rivojlantirish va tibbiy ta’limni sifatini yaxshilash uchun kerak bo‘lgan barcha imkoniyatlar mavjudligini ta’kidlab o‘tdi.

 

Shuningdek, tumanda onalar va bolalar, aholi o‘rtasida keng tarqalgan boshqa kasalliklar hamda ularning xavfli omillarini  o‘rganish, oldini olish,  aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga bepul tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil qilindi. Ko‘rikka kelganlar EKG, UTT, Mammografiya, Rentgen apparatida tekshiruvlardan o‘tkazildi.

Kam ta’minlangan, moddiy yordamga muhtoj bemorlar  tuman hokimligining yordami bilan bepul nogironlik aravachasi bilan ta’minlandilar.

Yurak ishemik kasalligi, qon bosimining oshishi, qandli diabet kasalligi, oshqozon-ichak kasalliklarida parxez taomlarini istemol qilish haqida eslatmalar va bukletlar tarqatildi. Tadbirning madaniy qismida raqqosa qizlar, doirachi yigitlar, yosh sportchilarning chiqishlari, qaynona-kelin munosabatlari, oiladagi muammolar, ota-onaga ko‘rsatiladigan e’tibor va hurmatga bag‘ishlanga video roliklarning namoyish qilindi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!