alexa
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

BULOQBOSHIDA TIBBIY-KOʻRIK TADBIRLARI

19:04 17.02.2022

BULOQBOSHIDA TIBBIY-KOʻRIK TADBIRLARI

Andijon viloyati hokimi Sh.Q.Abdurahmonovning tashabbusi bilan tashkil etilgan “Aholiga malakali tibbiy xizmat koʻrsatish va aholini chuqurlashtilgan tibbiy-koʻrikdan oʻtkazish” tadbirida Andijon davlat tibbiyot instituti professor-oʻqituvchilari faol ishtirok etishmoqda. Tibbiy-koʻrik bu gal Buloqboshi tumanining “Qumariq” MFYdagi 18-umumtaʼlim maktabining 1-filialida oʻtkazildi.

Institutning 14 nafar malakali mutaxassislari 421 nafar mahalla aholisini chuqurlashtirilgan tibbiy-koʻrikdan oʻtkazdilar va ularga kerakli maslahat berdilar. Tekshiruv davomida sogʻligida muammosi boʻlgan 3 nafar fuqaroga viloyat davolash muassasalariga va 8 nafariga tuman tibbiyot birlashmasiga davolanish uchun yoʻllanmalar berildi. 4 nafar bemorlarning uylarida tibbiy xizmat koʻrsatildi. Shuningdek, tibbiy tadbirda 110 ta UTT, 76 ta EKG va 168 ta laborator tahlillar oʻtkazildi.