BURCHIGA SODIQ SHIFOKORLAR

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

Beshinchi oydirki andijonlik shifokorlar COVID-19 bilan astoydil kurashmoqdalar. Ularga o‘z minnatdorligini bildirar ekan, viloyat hokimi qasamiga sodiq soha vakillari bugun ham ish joylarini tark etmay mehnat qilayotganlarini e’tirof etdi.

Bemorlarni qabul qilishga tayyorlangan zahira muassasalar uchun vrachlar tayyorlash boshlab yuborilgan. Andijon davlat tibbiyot instituti rektori, professor M.M.Madazimov bu borada viloyat hokimining maslahatchisi sifatida malaka oshirish kurslarini tashkil etdi. Bugungi kunda 677 nafar shifokor-infeksionist, pulmonolog o‘qitildi. 1500 nafarga yaqin o‘rta tibbiyot xodimlari bosqichma-bosqich tayyorgarlikdan o‘tkazilyapti.

«auz.uz» online guruhi.

125