alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

CHINDAN SIZGA, “BALLI, QIZLAR” DEYMIZ!

23:12 08.04.2022

Oʻzbek qizlari barchani lol qoldirishga qodir. Oilada mehribon, samimiy boʻlish bilan birga sarishta, mohir tikuvchi, qoʻli shirin pazanda, uy hamshirasi, goʻzallik va salomatlik namunasi… Taʼriflasak soʻzlar yetmaydi.

Andijon davlat tibbiyot institutining qizlari ham mana shunday fazilatlarga ega. Ishonmaysizmi? Mana ular bugun Talabalar turar joyida oʻtkazilgan “Balli qizlar” koʻrik-tanlovida bor mahoratlarini koʻrsatishdi.

5 ta muhim tashabbus doirasida oʻtkazilgan tadbir avvalida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor v.v.b. S.Salohiddinov hamda Institut xotin-qizlar masalalari boʻyicha rektor maslahatchisi, Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi G.Xolmatova bugungi kunda ayol-qizlarga berilayotgan eʼtibor, ularning oʻqishlari va hunar egallashlariga davlat siyosati darajasida qaralayotganini alohida taʼkidlab oʻtdi.

Tanishtiruv shartida qizlar sheʼriy va badiiy chiqishlari bilan fakultetlari va yoʻnalishlariga taʼrif berdilar. Mehmon kelsa pazandalik xislatlarini namoyish eta olishni uddalaydigan ishtirokchilarimiz bahoriy va bayramona salatlarni tayyorladilar. Qiziqarli savol-javoblar esa ularning bilimlarini baholab berdi. Argʻimchoqda sakrash, voleybol toʻpini savatchaga tashlash sharti esa qizlarimizdan chaqqonlik va zukkolikni talab etdi. Tikuvchilikdan ham boxabar boʻlgan qizlar uchun 5-shart unchalik qiyin kechmadi. Ular qisqa fursatlarda bejirim oshxona anjomini tikib berishdi. Soʻnggi shart esa erkin mavzu boʻlib, bunda qizlar sanʼatlarini koʻrsatishdi.

Qizlarning ishlarini hakamlar hayʼati odilona baholab bordilar. Yakuniy natijalarga koʻra, ishtirokchilar “Eng zukko qiz”, “Eng chaqqon qiz”, “Eng bilimdon qiz”, “Eng pazanda qiz”, “Eng mohir chevar qiz” hamda “Eng isteʼdodli qiz” nominatsiyalari boʻyicha taqdirlandi.

 

 

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!