Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Endokrinologiya xizmatini takomillashtirish va koʻlamini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi va “Yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olish va davolash sifatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarorlarining ijrosini taʼminlash maqsadida Andijon va Namangan viloyati oilaviy shifokorlari Andijon davlat tibbiyot instituti Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakultetining profesoor-oʻqituvchilari tomonidan oʻqitilayotgan edi.
Ayni kunlarda oʻqish Namanganda “Oilaviy shifokor amaliyotida kardiologik va endokrinologik yordamni tashkil etish“ mavzusida integral mavzuiy malaka oshirish «byudjet»” 09.03-15.03.2022 y. (36 kredit)li dasturi reja asosida olib borilmoqda. Bu gal Uchqo’rgʻon va Chortoq tuman oilaviy shifokorlik, oilaviy poliklinika hamda Koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalarda ishlavchi oilaviy shifokorlar uchun oʻtkazildi. Reja asosida olib borilgan darslardan soʻng test sinovidan muvaffaqiyatli oʻtgan shifokorlarga sertifikatlar topshirildi.