Andijon davlat tibbiyot institutining malakali professor-oʻqituvchilari tomonidan Andijon shahridagi 1-oilaviy poliklinikasiga qarashli “Boʻston” MFYda chuqurlashtirilgan tibbiy-koʻrik oʻtkazildi. Mazkur tadbirda institutning 14 turdagi mutaxassisliklardan iborat 16 nafar xodimlari ishtirok etib, 3-4-guruhlarga kiritilgan 492 nafar aholi salomatligi tekshirildi. Koʻruvlar davomida 97 ta bemorga ambulator sharoitda davolanishga, 7 nafarga bemorga statsionar davolanish uchun yoʻllanmalar berildi. Qolgan bemorlarga kerakli maslahat va tibbiy xizmat koʻrsatildi. Tibbiy tekshiruvlarda 47 ta UTT, 75 ta EKG va 187 ta laborator tekshiruvlari oʻtkazilib, natijalari boʻyicha mutaxassislar maslahati berildi.
Shuningdek, malakali mutaxassislarimizning Kegeyli tumanidagi tibbiy-koʻriklari 139 nafar 3-va 4-guruhdagi aholi oʻrtasida oʻtkazildi. Tuman sharoitida yana bir bir necha yil davomida davolanish uchun imkon topa olmagan 14 yoshli koʻkrak qafasining murakkab deformatsiyasi bilan ogʻrigan bemor ishchi guruh azosi B.Mirzakarimov tomonidan muvaffaqiyatli operativ davo oʻtkazdi. Terining chandiq kasalligi tashxisi bilan ogʻrigan bir bemorda esa Z.Asxanov tomonidan jarrohlik amaliyoti olib borildi.