alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

CHUQURLASHTIRILGAN TIBBIY KO‘RIKLAR O‘TKAZILDI

15:14 30.01.2021

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Birlamchi tibbiy sanitariya yordami muassasalari faoliyatiga mutlaqo yangi mexanizmlarni joriy qilish va sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlar samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6110-son Farmoni va “Tibbiy profilaktika ishlari samaradorligini yanada oshirish orqali jamoat salomatligini ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4891 sonli Qarori ijrosi bo‘yicha 28.01.2021 va 29.01.2021 kunlari Andijon davlat tibbiyot institutining 12 turdagi mutaxassislar (onkolog, akusher-ginekolog, pediatr, neyroxirurg, nevropatolog, otorinoloringolog, kardiolog, terapevt, dermatovenerolog, travmatolog, urolog, endokrinolog)dan iborat professor-o‘qituvchilari tomonidan Andijon tuman KTMPsida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar o‘tkazishdi.




Ko‘riklar davomida tumanning 624 nafar axolisi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib kerakli tavsiya va yordamlar berildi.

Ushbu tadbirlar davomida aholi o‘rtasida shaxsiy gigiena, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, sog‘lom ovqatlanish tamoyillari, jismoniy faollik, zararli odatlarga berilmaslik bo‘yicha targ‘ibotlar  o‘tkazildi.

                                                                                  Davolash (amaliyot) bo‘limi

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!