“COVID 19: mikrobiom – do‘st va dushman” mavzusida xalqaro vebinar o‘tkazildi

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

AQSH, Germaniya  va O‘zbekiston o‘rtasida o‘tkazilgan onlayn vebinar O‘zbekiston Yoshlari umumjahon Assotsiatsiyasining Germaniyadagi vakili tomonidan mamlakatimiz oliy o‘quv yurtlari talabalari, yosh tadqiqotchilari va professor-o‘qituvchilarini dunyoning rivojlangan mamlakatlarida o‘z ilmiy va mehnat faoliyatini olib borayotgan yurtdoshlarimizning to‘plagan ilm va boy tajribalari bilan tanishtirish maqsadida tashkil etildi.

O‘zbekistonning Germanidagi elchixonasi va Andijon davlat tibbiyot instituti bilan hamkorlikda tashkil etilgan onlayn vebinarda COVID 19 bilan bog‘liq jarayonlar muhokama qilindi.

300 dan ziyod ishtirokchi qatnashgan vebinarda AQSH, Germaniya davlatlaridan malakali mutaxassislar ishtirok etishdi va qatnashchilarni qiziqtirgan savollarga javob berishdi.

Onlayn vebinarda COVID-19 ga qarshi kurashda xalqaro hamkorlik zarurligi ta’kidlandi.

Vebinar ishtirokchilariga xalqaro sertifikatlar topshirildi.

manba: O’zbekiston 24

150