Bir muddat oldin Raqamli taʼlim texnologiyalar markazi tomonidan axborot texnologiyalarini oʻrgatish boʻyicha bepul kurs tashkil etilganini maʼlum qilgan edik. Mazkur kursga qiziquvchilar soni ortmoqda.
Bugun markaz mutaxassislari tomonidan birinchi mashgʻulot olib borildi. Ilk dars dasturlash boʻlib, unda talabalarga dasturlash tili, turlari, jarayoni va vazifalari toʻgʻrisida maʼlumot berilib, dastur yaratish boʻyicha amaliy jarayonlar oʻtkazildi.