Bugun, 10-iyul kuni Andijon davlat tibbiyot institutida Davlat tili to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etish holatini doimiy ravishda tahlil qilib borish, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda tili to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash maqsadida yig‘ilish o‘tkazildi.


Unda prorektorlar, fakultet dekan va dekan o‘rinbosarlari, bo‘lim boshliqlari va mas’ul xodimlar ishtirok etdi. Yig‘ilishni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Salohiddinov kirish so‘zi bilan ochib berdi.
Unda “Davlat tili haqida”gi Qonunni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni muntazam tahlil etish va kelgusidagi ishlarning tartibini belgilab olish zarurligi aytib o‘tildi. Institut fakultet va kafedralari hamda bo‘limlarida ish yuritish hujjatlarini davlat tilida yuritilishining davomiyligini ta’minlash hamda institut professor-o‘qituvchilariga yetkazib borish kerakligini ta’kidlandi.


Shuningdek, tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tgan yig‘ilish davomida qatnashchilarga davlat tilida ish yuritish bo‘yicha seminar ham o‘tkazilib, mutaxassislar tomonidan mavzu doirasida tushuntirish ishlari olib borildi.
