2021-yilda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan “Yoʻl xaritasi” ishlab chiqilgan boʻlib, unga muvofiq Bobur nomidagi axborot-kutubxona markazi fondidan aholi va yoshlarning yanada samarali foydalanishlarini tashkil etish maqsadida har haftada oilalar, taʼlim muassasalari, mehnat jamoalari, harbiy qismlarni jalb qilgan holda kutubxonaga aʼzo boʻlishni kengaytirishga qaratildi. Shu munosabat bilan Andijon davlat tibbiyot institutida har oyning bir kuni “Axborot-kutubxona markaziga tashrif” kuni sifatida belgilandi va markaz bilan hamkorlik oʻrnatildi.
Davolash fakultetining 50 nafardan ziyod talabalari fakultetning yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari U.Karimov hamda institut psixologi Oʻ.Arziqulov boshchiligida Bobur nomidagi axborot-kutubxona markazida boʻldilar. U yerda talabalar markaz faoliyati bilan, yaʼni kitobxonlar uchun yaratilgan sharoitlar, oʻquv zallari, ilmiy va badiiy adabiyotlar bilan birga davriy nashrlar bilan ham yaqindan tanishdilar. Kitobsevar talabalar darsdan boʻsh vaqtlarida oʻzlari sevgan adabiyotlardan bemalol foydalanishlari uchun kutubxonaga a’zo boʻldilar.