Farzandi ortidan faqat yaxshi gaplarni eshitish ota-onaga iftixor bag`ishlaydi. Ilmiy kengashlar zalida Davolash fakultetining 1-bosqich talabalarining ota-onalari ishtirokida yig`ilish o`tkazildi. Unda fakultet dekani B.Mamatov, Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi G.Xolmatova, fakultetning dekan o`rinbosarlari M.O`lmasov, L.Aliyev, tyutorlik guruhi rahbari R.Hayitboyeva ishtirok etdi.
Yig`ilish avvalida darslar davomida a’lo baholarga o`qiyotgan, jamoat ishlari va tadbirlarda faollik ko`rsatayotgan bir guruh talabalarning ota-onalari tashakkurnoma bilan taqdirlandi.
Shuningdek, yig`ilish davomida institutda odob-ahloq normalari, kiyinish madaniyati, ijarada yashovchi talabalarning ota-onalari bilan hamkorlikda ish olib borish kabi mavzularda batafsil tushunchalar berib o`tildi.