alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

DAVOLASH FAKULTETINING 1-KURS TALABALARI BILAN UCHRASHUV

20:05 13.12.2021

DAVOLASH FAKULTETINING 1-KURS TALABALARI BILAN UCHRASHUV

Yoshlar bilan ishlash va maʼnaviy-maʼrifiy masalalar boʻyicha prorektor v.b. S.Salohiddinov Davolash fakultetining 1-bosqich talabalari bilan uchrashuv oʻtkazdi. Shuningdek, uchrashuvda maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi A.Abduhalimov, fakultet dekani B.Mamatov, uning oʻrinbosarlari, guruh tyutori ishtirok etdi.

Suhbat davomida institut ichki tartib qoidalari, kiyinish odobi, modul-kredit tizimi borasida maʼlumotlar berib oʻtildi. Shuningdek, darslarda faol ishtirok etish, talabalar turar joyi va ijara xonadonlarida texnika xavfsizligiga rioya qilish, salbiy illatlar taʼsiriga tushib qolmaslik kabi muhim mavzularda ham soʻz bordi.

Uchrashuv soʻnggida talabalar ham ijara shartnomalarini tuzish, turli tanlovlarda va toʻgaraklarda ishtirok etishda kimlarga murojaat etishlari mumkinligi borasidagi savollariga batafsil javob oldilar.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!