alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

DAVOLASH FAKULTETINING 2-BOSQICH TALABALARI TIBBIY KO’RIKDAN O’TKAZILDI

19:02 17.05.2022

Xabaringiz bor, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi Nizom va ushbu Nizomni tasdiqlash toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining 2012-yil 10-iyuldagi  buyrugʻiga asosan institut talabalari va professor-oʻqituvchilarining salomatligi tekshirilmoqda. Bugun Davolash fakultetining 2-kurs talabalari  koʻrikdan oʻtkazildi.

Mazkur tadbirda 16 turdagi mutaxassisliklardan iborat 28 nafar professor-oʻqituvchilar ishtirok etdi.   Koʻruvlar davomida  talabalarga kerakli maslahat va tavsiyalar berildi. Tibbiy tekshiruvlarda koʻrsatmalarga asosan UTT, EKG va flyuorogorafiya tekshiruvlari ham olib borildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!