2019- yil 29-aprel kuni davolash fakulteti kafedralarining professor- o‘qituvchilari sport kuni munosabati bilan ADTI jismoniy tarbiya kafedrasiga tashrif buyurdilar.
Shu kuni ular sportning stol tennisi, basketbol, shaxmat-shashka va futbol turlari bilan shug’ullandilar va mashg’ulotlarda faol qatnashib, bo’sh vaqtlarini maroqli o’tkazdilar.
Sport-sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlarida davolash fakultetinig Tillar,pedagogika va psixologiya, Normal va patologik fiziologiya, Fakultet terapiya, 2-UASH tayyorlash, Umumiy jarrohlik, Anesteziologiya va reanimatsiya, 2-Akusherlik va ginekologiya, Gospital terapiya va endokrinologiya kafedralarning professor- o‘qituvchilari va xodimlari faol ishtirok etdilar.