O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor B.Abdullajonov fakultet dekanlari, ularning o‘rinbosarlari hamda tyutorlar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi. Unda Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vaziri A.Toshqulov raisligida o‘tkazilgan videoselektorda belgilab berilgan vazifalar ijrosi yuzasidan so’z bordi. Dekanlar va ularning o‘rinbosarlari kafedralarda dars berayotgan professor-o‘qituvchilar bilan yanada aloqani mustahkamlash, ta’lim sifatini oshirish, talaba va o‘qituvchi munosabatlarini to‘g‘ri shakllantirish hamda tyutorlarga har bir talabani, ayniqsa talabalar turar joyida va ijrada yashovchi talabalarning nazoratiini kuchaytirish, ularning muammolarini o‘rganish, texnika xavfsizligiga rioya qilishlarini tushuntirish kabi kerakli tavsiya va vazifalar berildi.