- Kafedra mudiri, tibbiyot fanlari doktori DcS, professor:PAKIRDINOV ADHAMJON BEGISHOVICH
- Ish vaqti: 8.00 – 17.00
- Mobil Aloqa: +998905711775
- Email: adhamjon8888@gmail.com
Tashkil etilgan sanadan 1970 yilgacha T.T.Tadjibayev, 1970-1977 yillarda professor M.E.Yereshev, 1977-2009 yillarda esa professor Sh.A.Xamidov kafedra mudiri lavozimida faoliyat olib borishgan. 2009 yildan hozirgi kungacha professor A.B.Pakirdinov kafedra mudiri lavozimida faoliyat olib bormoqda.
Kafedra tashkil etilgandan boshlab kafedrada quyidagi xodimlar faoliyat olib borgan: V.M.Arishev, H.H.Jalilov, V.S.Dolgoshein, V.A.Yefremova, D.S.Mojar, N.O.Smilchina, Yu.M.Mexmanov, S.M.Madraximov, F.I.Stexun, I.K.Karimova, M.X.Salaxuddinova, T.A.Tereshko, N.S.Kasimov, A.A.Asranov, Z.X.Djalilova, A.A.Tadjibayev, R.M.Qilichev, M.Baltabayev.
Kafedra xodimalari tomonidan ilmiy ishlar va fan yangiliklariga alohida e’tibor qaratiladi. Kafedra tashkil etilgandan boshlab 4 ta doktorlik va 7 ta nomzodlik dissertatsiylari muvaffaqiyatli himoya qilingan.
1975-yilda M.E.Yereshev «Teri leyshmaniozida zamonaviy muammolar va yechimlar» mavzusida doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan va teri leyshmaniozida monomitsin preparatini qo’llash uslubini ishlab chiqqan.
1990-yilda Sh.A.Xamidov «Neyrodermitni davolashda, operatsiyadan keyingi va terapevtik tuzatishda hujayrali gumoral immunitet va uni tartibga solishning endokrin mexanizmlarining roli» mavzusida doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.
1997-yilda M.K.Baltabayev «Psoriaz (diagnostikadagi muammolar, patogenezi va davolash)” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Ilmiy ish psoriaz kasalligining patogenezi va davolashning yangi uslublarini o’z ichiga olgan.
2007-yilda A.B.Pakirdinov «Surunkali dermatozlarni (psoriaz va atopik dermatit) kompleks davolashda plazmaferez va giperbarik kislorodni birgalikda qo’llash» mavzusida doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.
Kafedra xodimlarining muvaffaqiyatli himoya qilgan nomzodlik dissertatsiyalari:
1971-yilda Sh.A.Xamidov «Zahmning yuqumli shakllarini davolashda bitsillin-5 qo’llash» mavzusida fan nomzodi ilmiy darajasini oldi.
1972-yilda R.M.Qilichev «Zahmning zamonaviy klinik ko’rinishlarining xususiyatlari va asab tizimining holati va uning zararli shakllari bo’yicha materiallar» mavzusida fan nomzodi ilmiy darajasini oldi.
1987-yilda M.Q.Boltabayev «Piodermitning surunkali shakllarining klinik va immunologik xususiyatlari va davosi» mavzusida fan nomzodi ilmiy darajasini oldi.
1991-yilda A.B.Pakirdinov»Psoriaz, atopik dermatit va terining angitining og’ir shakllarini kompleks davolashda plazmaferez» mavzusida fan nomzodi ilmiy darajasini oldi.
1992-yilda A.A.Tojiboyev “O‘zbekistonda Farg‘ona vodiysi aholisida uchrovchi terining irsiy kasalliklari epidemiologiyasi, klinik polimorfizmi” mavzusidafan nomzodi ilmiy darajasini oldi.
2001-yilda F.Sh.Xamidov «D3 vitamini (Vigantol) bilan kompleks davolashda psoriaz kasalligi bilan og’rigan bemorlar jigarining antitoksik funksiyasining klinik va biokimyoviy monitoringi» mavzusida fan nomzodi ilmiy darajasini oldi.
2021-yilda T.K.Abdujabborov «Surunkali torvoqning turli shakllarining oldini olish va davolashning gigiyenik jihatlari» mavzusida fan nomzodi ilmiy darajasini oldi.
Ushbu ilmiy ishlarning natijalari (himoya qilingan doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalaridan tashqari) turli jurnallarda 40 dan ortiq ilmiy maqolalar va turli to‘plamlarda 180 dan ortiq ilmiy tezislarda chop etilgan.
Kafedrada iqtidorli talabalarga ham katta e’tibor beriladi. Shu maqsadda ֦Yosh dermatovenerologlar maktabi” tashkil etilib, kafedra xodimlari o‘z bilim va tajribalarini navqiron avlodga yetkazmoqda. Iqtidorli talabalarga A.B.Pakirdinov, F.Sh.Xamidovlar biriktirilib, oldindan tuzilgan dastur asosida ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar. Iqtidorli talabalar uchun asosiy yo‘nalish zamburug‘li kasalliklar epidemiologiyasini, zamonaviy kursning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish, yangi fungitsid preparatlarining samaradorligini qiyosiy o‘rganishdan iborat.
Xamidov Farruxbek Shavvazovich
t.f.n. dotsent, dermatovenerolog
Abdujabborov Toxirjon Kurbanovich
t.f.n., dotsent, dermatovenerolog
Yoqubova Muhabbatxon Abdulhamidovna
dotsent, dermatovenerolog
Batirov Kamoliddin Zuxridinovich
Katta o’qituvchi, dermatovenerolog
Qo’chqarov Avazjon Asqarovich
Katta o’qituvchi, dermatovenerolog
Abduraxmanov Axrorbek Avazbek o’g’li
Katta o’qituvchi, dermatovenerolog-podolog
Toshpo’latov Bekmirza Xolmirzayevich
Assistent, dermatovenerolog
Fozilov Feruzjon Abdumo’minovich
Assistent, dermatovenerolog
Muhammadjonova Liliya Akiljanovna
Assistent, dermatovenerolog-podolog
Nasritdinova Nargiz Bahadirovna
Assistent, dermatovenerolog-kosmetolog
Mo’minov Murodjon Mansuridinovich
Assistent, dermatovenerolog
Po’latov Boburbek Talyat o’g’li
Assistent, dermatovenerolog
Xamidova Muslima Zuxriddin qizi
Assistent, dermatovenerolog
Zokirov Shoxruxbek Qobuljon o’g’li
Assistent, dermatovenerolog
Bekmirzayeva Madinabonu To’lqinboy qizi
Assistent, dermatovenerolog
Manzil: Dermatovenerologiya kafedrasi Respublika dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy markazi Andijon hududiy filiali binosi.
Kafedrada o’qitiladigan fanlar:
1. Deramatovenerologiya
2. Dermatovenerologiya va bolalar dermatovenerologiyasi