Аndijon davlat tibbiyot institutining iqtidorli talabalari targʼibot tadbirlarida ham faol ishtirok etib boradilar. Аholi oʼrtasida sogʼlom turmush tarzini targʼib etish maqsadida “Yosh akademik”, “Yosh volontyorlar” koʼngilli yoshlar guruhi aʼzolari tomonidan tez tibbiy yordam koʼrsatish borasida amaliy mashgʼulotlar olib borilmoqda. Talabalarning faolligi, albatta oʼz samarsini koʼrsatayotir.
Koronavirus pandemiyasi davrida sinovlarni yengib oʼtishda matonat va jonbozlik koʼrsata olgani uchun Аnesteziologiya-reanimatologiya, bolalar anesteziologiyasi va reanimatologiyasi kafedrasi assistenti Аbdurahmonova Diana Rasuljon qizi «Mehr-sahovat» koʼkrak nishoni bilan taqdirlandi.