Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“DIAXATAR” NIMA O‘ZI?

11:38 13.04.2022

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2022-yil 26-yanvardagi   “Endokrinologiya xizmatini takomillashtirish hamda ko‘lamini kengaytirish chora tadbirlari to‘grisida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida aprel  oyidan boshlab   Andijon davlat tibbiyot instituti  Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti  hamda  Gospital terapiya va endokrinologiya kafedrasi xodimlari tomonidan Andijon va Namangan viloyatlarining Umumiy amaliyot shifokorlariga reja asosida 36 soatli  o‘quv darslari olib borilmoqda. Unda shifokorlarning keng  tarqalgan endokrinologik va kardiologik  xastaliklar bo‘yicha  malakalari oshirilmoqda. Professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘tkazilayotgan ma’ruzalar va mahorat darslarida xastaliklarni erta aniqlash, sabablari, davo choralari, oilaviy shifokorlik punktida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, yana bir yangilik: instiut rektori tashabbusi bilan Gospital terapiya va endokrinologiya kafedrasi xodimlari tomonidan internet tarmog‘ida Qandli diabet va prediabet, ya’ni qandli diabetdan oldingi holatni erta aniqlash imkonini beruvchi  «DiaXatar» nomli sahifa  yaratildi.

Mazkur sahifaga kirish va undan foydalanishni tushuntirish maqsadida institutda Andijon shahridagi Umumiy amaliyot shifokorlariga ma’ruza va taqdimotlar o‘tkazildi. Dastavval Umumiy amaliyot shifokorlarini tayyorlash kafedrasi mudiri G.Nazarova  tomonidan keng tarqalgan Arterial gipertoniya va Yurak ishemik kasalliklari  bo‘yicha ma’ruza o‘qildi. Unda ushbu xastaliklarning bugungi kundagi zamonaviy davolash choralari haqida keng to‘xtalib o‘tildi.

Shundan so‘ng Gospital terapiya va endokrinologiya kafedrasi mudiri,  t.f.n. dotsent Sh.Yusupova «DiaXatar» sahifasining  taqdimotini  o‘tkazdi. Ushbu sahifaga har bir fuqaro https://diaxatar.adti.uz/admin havolasi yoki QR kodlari orqali kirishi mumkin. Mazkur sahifaning qulayligi shundaki, havolaga kirgan inson so‘rovnoma to‘ldiradi va o‘zida  yuqoridagi holatlarning bor yoki yo‘qligini aniqlay oladi. Agar so‘rovnoma ballari salbiy natijani ko‘rsatsa, bemorga qaysi mutaxassisga murojaat qilishi kerakligi to‘g‘risida ko‘rsatmalar beriladi. Shuningdek, sahifa orqali qandli diabet, diabet oldi holatlari, sog‘lom turmush tarzini tashkil etish bo‘yicha ham kerakli ma’lumotlarga ega bo‘lish mumkin.

 

Skip to content Click to listen highlighted text!