Andijon davlat tibbiyot instituti kafedralarida faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilarni 2023-yil (kalendar yili) davomida o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, maʼnaviy-maʼrifiy ishlari yuzasidan 2024-yil 3-yanvardan boshlab institut rektorining ichki attestatsiyasi bo‘lib o‘tadi. Kafedralarni attestatsiyaga kirish jadvali va savolnomasi ilova qilinadi. Attestatsiya institutning kengashlar zalida bo‘lib o‘tadi. Savolnoma jadvalida ko‘rsatilgan har bir ilmiy, o‘quv va boshqa maʼlumotlar asoslari bilan institutning tegishli bo‘limlariga topshirilishi so‘raladi.
Kafedralarni attestatsiyaga kirish jadvali va savolnomasi bilan havolada tanishishingiz mumkin: savolnoma, jadval