Andijon viloyatidagi bog‘cha, maktab hamda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar, shuningdek oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida qishki ta’til 22-yanvarga qadar uzaytirildi (bungacha 18-yanvargacha edi).
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ma’naviy yuksalishiga ko‘maklashish markazi rasmiy sahifasi ham buni tasdiqladi. Andijon davlat tibbiyot institutida o‘quv mashg‘ulotlari rasman 23-yanvar, dushanba kunidan boshlanadi.