alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

DIQQAT, E’LON!

14:48 26.01.2023

Aziz talabalar, sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari  Harbiy tibbiyot akademiyasiga o‘qishga taklif etamiz. Mazkur Harbiy tibbiyot akademiyasiga O’zbekiston Respublikasi Oliy tibbiy ta’lim muassasalari Davolash fakultetining 5-bosqichini, Tibbiy-profilaktika fakultetining 4-bosqichini tamomlagan, o’qish yakunlari bo’yicha eng yuqori natijalarni ko’rsatgan o’qishini Harbiy tibbiyot akademiyasida davom ettirish va kelgusida kontrakt bo’yicha harbiy xizmatni o’tash istagini bildirgan, sog’ligi holatiga ko’ra harbiy xizmatga yaroqli, 26 yoshgacha bo’lgan talabalar orasidan tanlov asosida qabul qilinadi.

Harbiy tibbiyot akademiyasi kursantlariga 2 o’rinli yotoqxona, 3 mahal issiq ovqat, faslga qarab beriladigan kiyim-kechaklar, kundalik faoliyati va hayotini ta’minlash uchun zarur bo’lgan barcha narsalar bepul taqdim etiladi.

Stipendiyalar  esa:

Qoniqarli baholarga o’quvchi kursantlarga  – 830,659 so’m;

Yaxshi baholarga o’quvchi kursantlarga – 900,273 so’m;

A’lo baholarga o’quvchi kursantlarga – 1000000 so’m  miqdorida beriladi.

“Ho’sh, yana qanday imkoniyatlar bor ekan?” deb, qiziqishni boshlagan bo’lsangiz batafsil ma’lumotlar bilan bu yerda tanishishingiz mumkin: O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasi haqida batafsil

Bog’lanish uchun telefon raqami: +998 (71) 262-01-60

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!