Institutimizning iqtidorli, intiluvchan talabalari sizlarni 2023-yil 17-fevral kuni Buxoro davlat tibbiyot institutida boʻlib oʻtadigan Tibbiyot oliygohlari talabalarining “Abu Ali ibn Sino taʼlimotidan uchinchi Renessansgacha» mavzusidagi III-Xalqaro fan olimpiadasida ishtirok etishga taklif etamiz.
Mazkur olimpiada onlayn va oflayn tarzda boʻlib oʻtadi. Unda ishtirok etib, o’z bilimlaringizni sinovdan o’tkazishni istasangiz, joriy yilning 9-fevral kuniga qadar oʻz maʼlumotlaringizni ushbu: @Cardio_Neurologist Telegram manziliga yuborishingiz va batafsil ma’lumotlarni olishingiz mumkin.