O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2024-yil 8-yanvardagi 03-38/314-sonli topshiriq xatiga asosan, 2023-2024-o‘quv yilida klinik ordinatura va magistratura qabul sinovlarida muvaffaqiyatsiz ishtirok etgan talabgorlar orasida Surxondaryo viloyatida ishlash istagini bildirgan talabgorlar o‘z yo‘nalishidagi mutaxassislik bo‘yicha mavjud vakant o‘rinlarga qo‘shimcha qabulga hujjat topshirishlari mumkin.
Shuningdek, magistratura va klinik ordinatura mutaxassisliklarining bitiruvchi bosqich talabalariga o‘z yo‘nalishidagi mutaxassislik bo‘yicha mavjud vakant o‘rinlarda mehnat shartnomasi asosida to‘liq stavkagacha Surxondaryo viloyati tibbiyot muassasalarida faoliyat ko‘rsatishlariga ruxsat berilmoqda.
Mazkur imkoniyatlardan foydalanish istagidagi talabgorlar institutning klinik ordinatura bo‘limiga murojaat qilishlari mumkin.
Murojaat uchun telefon raqamlari: 93-415-79-00, 91-176-00-03.