Joriy yilning 1-mart kuni Andijon davlat tibbiyot institutining asosiy o‘quv binosida 2023-2024-o‘quv yili bitiruvchilaridan doimiy yashash manzili Andijon viloyati bo‘lgan talabalarni taqsimot (Ishga joylashtirish, bo‘lajak ish joylarini aniqlash bo‘yicha) “Bitiruvchilar taqsimoti” yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
Tadbir soat 14:00 da boshlanadi. Institutning andijonlik bitiruvchilarini ushbu yig‘ilishga taklif etamiz.