Andijon davlat tibbiyot institutining barcha talabalari diqqatiga!
Institutda «Ochiq eshiklar kuni» hamda Andijon shahar Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish markazi va institutning Karyera markazi boʻlimi hamkorligida «Boʻsh ish oʻrinlari» mehnat yarmarkasi bo‘lib oʻtadi.
Ushbu tadbirlarda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi hamda Milliy gvardiyasi tarkibidagi harbiy qism va bo‘linmalarning xodimlari ham qatnashishi ko‘zda tutilgan.
Mazkur tadbirlar 2024-yilning 14-may kuni soat 9:00 da institutning asosiy binosida boshlanadi.
Barchangizni ushbu tadbirlarda faol ishtirok etishga chorlab qolamiz.